Körsatuvimiz qahramoni jamiyatda imkoniyati çeklangan insonlar qatorida sanalsa-da, kişi izlansa va harakat qilsa tört muçasi soğ odamlar kabi jamiyatga foydasi tegişi mumkinligini isbotlagan inson.

“Ozgina soğligim çatoq bölib tuğilganman. Kasalligim rivojlanib ketib, nogiron bölib qoldim. Esimni tanib, holatimni tuşunib yetganimdan söng harakatlanişga özimda kuç topişni öylaganman. Maktabdan öqituvçilar biriktirişdi. Adabiyot, matematika fanlariga qiziqib öqiy boşladim. Kitob mutolaasi jon-u dilim edi. Rus tiliga qiziqib, luğat orqali ança özlaştirib oldim.

Yillar ötgan sari tadbirkorlikkka qiziqişim ortdi. Uyda ötirişni istamadim, odamlarga nafim tegişini xohladim. Uydan çiqa olmasdim. Atrof-muhitni körgim, odamlar bilan muloqot qilgim kelardi. Döstlarim bilan gaplaşib ötirişni juda-juda xohlardim. Biznes, ya’ni pul topişni uyda bir paytlar bolalar qiziqqan “dendi” öyinidan boşlaganman.

 

Ijaraga dökon izlab topib, kompyuter xizmatini yölga qöydik. Keyin özim kompyuterga juda qiziqib qoldim. Öşa paytda qölida hunari bor yigitlarni işga qabul qilgandim. Özim ham Word, Excel va Photoshop dasturlarida bemalol işlay olaman. 40 nafarga yaqin şogird çiqardim. Şu yerda tajriba ortirişib, boşqa joylarda işlaşmoqda”, – deydi tadbirkor.

“Ustozimizning izlaniş va şijoatidan özimizga kuç va motivatsiya olamiz. Ba’zida tuşkun holatga tuşib qolganimizda kayfiyatimizni kötaradi. Har soha böyiça maslahatlarini berib, hayotda va işda örnimizni topişga katta yordam beradi. Kompyuter sohasiga şogird bölib kirdim.

Köp narsalarni örganib, işçi sifatida işlab qoldim. Ikki yildan beri ahil-inoq bölib işlab kelmoqdaman. Şogirdlari yuz nafardan köp desak ham böladi”, – deydi şogird qizlardan biri Rözixon Siddiqova.