Afğoniston hukumatiga «Tolibon» kelganiga yarim yil töldi. Bu vaqt içida eng köp taqiqlarga uçragan afğon xotin-qizlari böldi. Ular orasida harbiy, öqituvçi, şifokor, huquqşunos va talaba bölgan 5 nafar ayol «Tolibon»dan yaşirib, boşdan keçirganlarini yozib borişgan. Ayollar maktublarini BBC’ga jönatadi.
Foto: GHAZAL FARKHARI
15 avgust – “Qörqinçli tuş”
2021 yil 15 avgustda afğon armiyasining sobiq askari, hukumat vazirliklaridan birida işlovçi Maari ertalab 7:30da işga jönayotgandi. Maari uydan çiqar ekan, odatdagidek tiğiz iş kuni, uçraşuv va konferensiyalar haqida öylayotgandi. U darvozadan çiqişi bilan köçada sirli sukunatni payqaydi va şunga qaramay uçraşuvlar belgilangan taqvimini tekşirib, işga yöl oladi.
Ayolni körgan hamkasbi uning işga kelganidan hayratda qoladi. Barça ayollarga işxonani tark etiş topşiriği beriladi. Maarining yozişiça, u işxonada qolişni afzal körgan.
“Erkak hamkasblarim şu yerda qolib işlayotgan bir paytda, men ham ular bilan qolaman”, – deydi u.
Maari oddiy xodim emas, harbiy rekord qayd etgan yuqori martabali rasmiy ham edi. «Tolibon»ning Kobulga kirayotgani haqidagi xabarlar hamma joyda tarqay boşlagaç, Maari işlaydigan vazirlik berkitilib, xodimlarning bari uyiga jönatiladi.
Xuddi şu paytda Afğonistonning boşqa bir joyida Xatera ismli geografiya öqituvçisi 40 öğil bola öqiydigan sinfda dars boşlayotgandi. Birdan sinfga qölida telefon tutgan öqituvçilar «Tolibon»ning Kobulga kirgani haqidagi xabarlar bilan kelişgandi. Bu yerda ham yagona çora – hammani uyiga jönatiş edi.
Foto: GHAZAL FARKHARI
Xatera avtobus bekatiga yetganda köça böylab yuklari va bolasini kötargan odamlarning turli tomonga qarab ketayotganini köradi.
“Maşinalar harakati töxtab qolgan, hamma sarosimada, xuddi qiyomat boşlanganga öxşardi. Avvaliga xavotirlanmayotgandim. Lekin afğon askarlarining sumkalarini orqasiga osib, aeroport tomon yöl olayotgani esimni oğdirdi. Yuragim tez urib, yugura boşladim. Bu qörqinçli tuşga öxşardi”, – deb yozadi u.
Mavzuga oid
Taxminan şu paytlarda Afğonistondagi Amerika universiteti talabasi Zalaga 48 soat içida uni AQŞga evakuatsiya qilişlari haqida elektron xat keldi.
Xabarni olgan Zala kerakli buyumlarni sotib oliş uçun bozorga yuguradi. Odamlardan nima bölayotganini söraydi. U töxtatgan birinçi kişi juda şoşayotgandi, keyingisi esa Kobul egallanganini aytadi. Zala qotib qoladi.
«Butun kuçim tanamdan oqib ketayotgandi, qöllarim, oyoqlarim qaltiray boşladi. Uyga qanday yetib boraman, deb öylardim özimça», – deb yozadi u.
Zala döstlari bilan uçraşib, qahva içib, musiqa tinglaydigan kafe va restoranlar oldidan ötarkan, öpkasini tutib turolmaydi. Butun hayoti köz oldidan birma-bir ötardi. Töğri, Zala «Tolibon» hukmronligi qanday bölişini biliş uçun juda yoş. Lekin u 1990-yillarda «Tolibon» rejimi ostida yaşagan ota-onasidan dahşatli voqealarni eşitgan. Agar u ketmasa, ota-onasi aytib bergan voqealar uning kelajagiga aylanişi mumkin.
4 sentyabr – ayollar noroziliklari
31 yoşli Vahida Amiri «Tolibon» kelguniça Kobul markazidagi kutubxonaga rahbarlik qilardi. U huquq fakultetini tamomlagan, qariyb 5 ming kitob yiğgan. Uning orzusi butun Afğoniston ayollarida kitob öqişga rağbat uyğotiş edi. Vahida «Tolibon» askarlarining köçalarda nazorat örnatişi va odamlarga qanday yaşaşni örgatişi adolatsizlik deb öylar va bunga qarşi kuraşiş kerak deb hisoblardi.
Foto: GHAZAL FARKHARI
Iş yöq, Vahida bir neça kundan beri balkonida ötiribdi. Bu – bir paytlar uning eng sevimli joyi edi, şu yerdan odamlarning suhbatlari va quşlar ovozini eşitardi. Hozir esa butunlay sukunat çömgan. U Afğonistondan ketayotgan samolyotlarni sanab ötiribdi. Bir kunda ba’zan 10, ba’zan 20 samolyot uçyapti. Hamma ketsa, kim qoladi, Afğoniston yaralandi, u parçalanib ketadi, deb öylardi u. Bir kuni keçqurun Vahidaning dösti unga qönğiroq qilib, «Tolibon»ga qarşi boş kötarişni aytadi va bir qança ayollar töplanişadi.
Ular özlarini “Afğon jangçi ayollarining ixtiyoriy harakati” deb ataşadi va 4 sentyabrda teng huquqlilik talabi bilan köçalarga çiqişadi.
Ayollar Afğoniston prezident saroyigaça borişni maqsad qilişgandi. Ammo Moliya vazirligidan biroz ötgaç, ularni «Tolibon» askarlari qurşab oladi.
“Biz ularga tinç yöl bilan namoyiş ötkazayotganimizni aytişga çoğlangan ham edik, özimizni devorga mahkam boğlangan holda topdik. Bizga közdan yoş oqizuvçi gazlar sepişdi”, – deydi Vahida.
Keyingi kunlarda köplab ayollarni töxtatib, qamçilaşgan va elektr tokli tayoqlar bilan kaltaklaşgan.
7 sentyabr – “Qurolingdan qörqmayman”
Bu – «Tolibon» Panjşerni taslim qilgan kun edi. Şimoliy Afğonistonda joylaşgan Panjşer 1990-yillarda Sovet ittifoqi va «Tolibon»ga qarşi kuraşlari bilan maşhur bölgan. U 2021 yilda ham «Tolibon» böysundirolmagan oxirgi hudud bölib qolayotgandi. Vahidaning oilasi panjşerlik. Şu sabab Vahida yana bir marotaba yaqin döstlari bilan Panjşerda öq otilişi töxtatilişini sörab köçaga çiqadi. Va ularni «Tolibon»ning AK-47larni qölida tutgan askarlari qarşi oladi. Ulardan biri Vahidaga uyga qaytib, tuşlik tayyorlaganing yaxşiroq deb tahdid qiladi.
“Men qurolingdan qörqmayman. Sizlar bilan istagan mavzuda bahslaşa olaman. Ammo uyga ovqat tayyorlaş uçun qaytmoqçi emasman”, deya javob qaytaradi Vahida ularga. Şu voqeadan bir kun ötib, «Tolibon» namoyişlarni taqiqladi.
17 sentyabr – hayotlarni saqlab qoliş
Mahera Afğoniston şimolidagi gavjum kasalxonalarda akuşer-ginekolog bölib işlaydi. «Tolibon» bosqinining birinçi haftasida u ham uyda qoldi, keyin uni işga çaqirib olişadi. «Tolibon» bosimi ostida işlaş oson emas edi. Ular hamma narsaga aralaşardi.
“Bemorlar dori narxi va xizmatlardan şikoyat qilişsa, ularga notöğri muolaja qilyapti deb «Tolibon» bizni qörqitardi”, – deydi Mahera.
Foto: GHAZAL FARKHARI
Köplab tibbiy xodimlar mamlakatni tark etgan va köp klinikalar yopilgandi. Mahera öşanda 12 tumanga qatnab bemorlarga xizmat körsatgan. Tibbiy xizmat juda muhim, çunki Afğoniston onalar va çaqaloqlar ölimi böyiça dunyodagi eng yomon körsatkiçlardan biriga ega.
“Qaytganimning birinçi kunida, men çodir kiydim. Uning ostida qaltirardim. Kun sayin «Tolibon» tibbiyot kiyimlariga könikdi va çodirni kiymay qöydim”, — deb yozadi u.
25 sentyabr – parçalangan yurak
«Tolibon» mamlakatda öğil bolalar uçun maktablar qayta oçilişini e’lon qilganidan bir hafta ötib, Xaterani maktabga çaqirişadi. U doskaga yozganda dimoğiga uriladigan bör hidini, öquvçilarining Kobul haqida berişi mumkin bölgan savollarini öylab maktabga keladi. Atrofini öquvçilar örab olgan Xaterani direktor xonasiga çaqirişadi. U yerda barça ayol öqituvçilarni töplab, ismlarini yozib, imzo qöydirib, uyga jönaş buyuriladi.
“Afğoniston Islom Amirligi ayollarning işlaşiga tösqinlik qilmoqda”, – deydi maktab direktori öqituvçilarga.
Unda nega barça ayol öqituvçilarni çaqirişdi? Xateraning fikriça, direktor işlaşga tayyor ayollar imzolarini yiğib, «Tolibon»ga yoqmoqçi bölgan.
Xatera maktab eşigi oldida 10 yildan beri dars berayotgan sinfxonasiga qarab qoldi. Qaniydi, öquvçilariga yana qaytişini ayta olsa. Lekin köz yoşlari bunga izn bermadi, Xateraning yuragi parçalangandi.
27 oktyabr – “Ular bizni izlayapti”
Maari va uning afğon milliy armiyasidagi sobiq örtoqlari «Tolibon» kelganidan beri yaşirinib yuribdi. «Tolibon» sobiq harbiy xizmatçilar va ayollarga amnistiya e’lon qilişini aytgandi, ammo Maari bunga işonmasdi.
Foto: GHAZAL FARKHARI
Maarining hamkasblaridan birining tanişi kelib, «Tolibon» ularni izlayotgani, suratlarini köçalar böylab körsatib yurganini aytadi. Va unga jonini saqlaş uçun tezroq bu yerdan ketişi kerakligini maslahat beradi. Maari harbiylar orasida eng himoyasizi edi. Çunki u uzoq vaqtdan beri ta’qib qilingan şia hazora jamoasidan bölib, uning yaqinlarini ham «Tolibon» uylaridan haydab çiqargandi. Şunday qilib, Maarining borişga joyi yöq. «Men oçlikdan ölişim mumkin, çunki uyimdan taşqariga çiqolmayman va buni heç kim bilmaydi», – dedi u.
5 noyabr – jönaşni kutiş
Zala AQŞ Afğonistonga bostirib kirganidan keyin tuğilgan. Otasi badavlat odam bölgani uçun Zala siyosiy va huquqiy fanlarni faxrli universitetda öqigan. U uçişi kerak bölgan birinçi parvoz amalga oşmadi. Şundan beri har 2 haftada unga jönaşi haqida xabar keladi. Kiyim-keçaklarni joylaş u va oilasi uçun an’anaga aylanib ham qoldi.
Foto: GHAZAL FARKHARI
Zala rang-barang kiyinişni yoqtiradigan ösmir edi. Endi ular örniga qora rangli yopinçiq kiyişiga töğri keladi.
“Oldin bunga öxşaş narsa kiymaganman. Endi esa römol vaqti”, – deydi u.
23 noyabr – 100 kunlik
Bu paytda «Tolibon» Afğonistonga bostirib kirib, Kobulni qölga olganiga roppa-rosa 100 kun bölgandi. Köp viloyatlar, poytaxt Kobulda ham qizlar örta maktabga borişi taqiqlangan, ayollar işlaşiga ruxsat yöq. Ularning örnini erkaklar egallagan yoki hamon böş turibdi. Iqtisodiyot inqirozga uçrayapti, çunki xalqaro yordam uzilgan, sovuq havo kirib kelyapti. Xalqaro oziq-ovqat taşkilotiga köra, 95 foiz odamga ovqat yetmaydi. Maktab muallimasi Xatera va oilaning yagona boquvçisi bölgan doktor Mahera dasturxonga nima qöyişni bilmaydi. Çunki ular 3 oydan beri maoş olişmagan.
6 dekabr – töxtab qolgan hayot
Vahida Amiri oçlikdan kundan kun holdan toyib bormoqda. Ammo hamon afğon ayollarining ovozi böliş umidida yaşamoqda.
Maari Kobuldan çiqib ketişga muvaffaq böldi va hozir noma’lum joyda yaşayapti. Uydan çiqib ketgaç, 2 kun ötib, Maarining uyiga toliblar kelgan.
Xatera hamon sovuq uyda yaşamoqda, u maktab oçilişidan umidvor.
Zala ularni evakuatsiya qilişlarini kutyapti. U keyingi 24 soat içida evakuatsiya qilinişi haqidagi navbatdagi xatni oldi.
Maheraga «Tolibon» bilan aloqador kişi oila qurişni taklif qilgan. Ammo Mahera unga turmuşga çiqmoqçi emas.
Vahida Amiridan taşqari matndagi qolgan ayollarning ismi özgartirilgan. Xatlar BBC’ga jönatilganda dekabr oyi edi. Ayollarning hozirgi ahvoli noma’lum.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi