Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel kun tartibida Ukrainani YeIga qabul qilish masalasi yo‘qligini ma’lum qildi
Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, "Ukrainada YeIga qo‘shilishi istiqboli bor, ammo hozir tajovuzga qarshi kurashish lozim".
YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevroittifoq yetakchilari kun tartibida Ukrainani hamjamiyatga qabul qilish masalasi yo‘qligini aytdi.
"Hozirgi kun tartibida bu masala yo‘q. Biz bundan ko‘ra amaliyroq bo‘lgan narsalarga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi u.
Borrelning qo‘shimcha qilishicha, "Ukrainada YeIga qo‘shilishi istiqboli bor, ammo hozir tajovuzga qarshi kurashish lozim".
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy YeIga murojaat qilib, mamlakatni zudlik bilan ittifoqqa qabul qilishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026