O‘zbekiston | 11:49 / 28.02.2022
33445
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga juda issiq havo kirib kelishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

1 mart kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi davom etadi, ammo yomg‘ir kuchsiz bo‘ladi. Respublikaning shimolida yog‘ingarchilik to‘xtaydi.

2 mart kuni nam havo massasi sharqqa tomon siljiydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Ushbu kunda kunduzi havo harorati bulutli bo‘ladi va 12-17 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida yog‘ingarchiliksiz juda iliq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 25-27 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me’yorlaridan 10-12 darajaga yuqoridir.

Juda iliq havoning shiddatli kirib kelishi 4 mart kuni shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 28 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Mavzuga oid