Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 36 mamlakat samolyotlari uchun havo kengliklarini yopdi
Bu mamlakatlar aviatashuvchilari parvozlarni faqat Rosaviatsiya yoki Rossiya TIVning maxsus ruxsatini olganidan keyingina amalga oshirishi mumkin.
Foto: RIA Novosti
Rosaviatsiya 36 mamlakat samolyotlari uchun maxsus ruxsatsiz Rossiya ustidan parvoz qilishni taqiqladi. Bu haqda Rosaviatsiya xabar qildi.
Cheklov Rossiya Ukrainada maxsus amaliyot boshlaganidan so‘ng Rossiya samolyotlari uchun havo kengliklari yopilishiga javoban kiritildi.
«Yevropa davlatlarining fuqarolik havo kemalari parvozini amalga oshirishga nisbatan qo‘ygan taqiqiga javob chorasi sifatida 36 mamlakat aviatashuvchilarining parvozlarni amalga oshirishiga cheklov kiritildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlar aviatashuvchilari parvozlarni faqat Rosaviatsiya yoki Rossiya TIVning maxsus ruxsatini olganidan keyingina amalga oshirishi mumkin.
Avvalroq Yevroittifoq davlatlari, AQSh va Kanada Rossiya samolyotlari uchun havo kengliklarini yopgandi.
Mavzuga oid
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
08:33 / 08.05.2026