Jahon | 20:48 / 01.03.2022
6764
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Ukraina ichida uylarini tark etishga majbur bo‘lganlar sonini 1 millionga yaqin deb baholadi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukraina ichida 1 millionga yaqin kishi uylarini majburan tark etganini ma’lum qildi.

Foto: DPA

"Qo‘shni mamlakatlarga ketayotganlarga ko‘p e’tibor berildi, ammo vaziyat ta’sir qilgan va Ukrainada qolayotgan ko‘plab odamlarni ham eslash kerak", - dedi BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Ukraina bo‘yicha vakili Lindxolm Billing.

"Bizda Ukraina ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soniga oid aniq raqamlar hozircha yo‘q, ammo biz 1 millionga yaqin kishi uylarini tark etgan va mamlakat ichida qolgan deb baholaymiz", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid