Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixonani Kiyevdan ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti - O‘zbekiston TIV rasmiysi
Hozirda diplomatik vakolatxona faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi mamlakat fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish hisoblanadi.
Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi vaziyat tufayli O‘zbekiston elchixonasini boshqa shaharga ko‘chirish masalasi rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolardan «Kiyevda elchixonalari bo‘lgan ko‘plab davlatlar o‘z idoralarini Lvov shahriga ko‘chirdi. O‘zbekiston ham shunday yo‘l tutishni rejalashtirganmi?», qabilida savol kelib tushgan. Bunga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili quyidagicha javob bergan:
Ayni paytda bizning asosiy ustuvor vazifamiz Ukrainadagi mavjud og‘ir vaziyatni inobatga olgan holda barcha O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlashdir. Elchixonaning boshqa hududga ko‘chirilishi bu jarayonlar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu nuqtai nazardan hozirda elchixonamizni Kiyevdan ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti.
Bundan avvalroq 2 mart tongiga qadar Ukrainadan Polsha orqali O‘zbekistonga 1186 kishi yetkazilgani xabar qilingandi. Hozirda Polshada O‘zbekistonning 800 nafardan ortiq fuqarolari bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:24 / 13.03.2026
YeI “Drujba” neft quvuri atrofidagi vaziyatni tekshirmoqchi
13:52 / 13.03.2026