Jahon | 17:27 / 03.03.2022
10966
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainani Yevroittifoqqa qabul qilish masalasi urush tugaganidan keyin muhokama qilinadi – YeI rahbari

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni mamlakatning Yevroittifoqqa kirishiga ariza berdi.

Foto: AP

Yevroittifoq davlatlari Ukrainani YeIga qabul qilish masalasini muhokama qiladi, ammo hozir eng asosiysi nizoning yakunlanishi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.

«Prezident Zelenskiy Ukrainaning arizasini taqdim etdi. U bu orqali jarayonni yo‘lga qo‘ydi. YeI mamlakatlari bu masalani muhokama qiladi. Ammo hozirda asosiy vazifamiz ushbu dahshatli urushni tugatish bo‘lishi lozim»,- dedi u.

Fon der Lyayyen Ukrainaning YeIga qabul qilinish jarayoni qancha vaqtni olishi to‘g‘risidagi savolga javob bermadi. 

28 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevroittifoqqa kirishiga ariza bergandi.

Xabarlarga ko‘ra, Gruziya ham Yevroittifoq a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirishni rejalashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid