O‘zbekiston | 08:41 / 04.03.2022
11118
3 daqiqa o‘qiladi

Favqulodda holat davrida prezident normativ hujjatlar amal qilishini to‘xtatib turishi mumkinligi belgilandi

Foto: XS.uz

Prezident tomonidan «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda:

  • O‘zbekistonning ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari kengashlariga saylov o‘tkazilmaydi. Tegishli qo‘shimcha “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga kiritildi;
  • prezidentning favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda fuqarolar yig‘inining vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish nazarda tutilishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan qonun hamda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun 25-4 hamda 10-1 moddalar bilan to‘ldirildi;
  • O‘zbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar o‘tkazilmaydi. Shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi ham o‘tkazilmaydi. Tegishli qo‘shimchalar Saylov kodeksiga hamda «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi qonunga kiritildi;
  • prezident favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda bo‘lgan prezident farmonlari va qarorlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar prezidentning favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga zid bo‘lgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida to‘xtatib turishga haqli. Qo‘shimcha «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasiga kiritildi.

Mavzuga oid