Jahon | 20:20 / 04.03.2022
25966
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Ukrainadagi vaziyat yaqin kunlar ichida yomonlashishi kutilayotganini bildirdi

Stoltenberg NATO nizo Ukraina tashqarisiga chiqmasligi uchun javobgarligini, shu bilan birga Rossiya bilan urush qilmasligini ta’kidladi.

Foto: AFP/Getty Images

Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda va Rossiyani zudlik bilan qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.

«Yaqin ikki kun ichida vaziyat yanada yomonlashadi – halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar, vayronalar ko‘payadi», — dedi u.

U alyans nizo Ukraina tashqarisiga chiqmasligi uchun javobgarligini, shu bilan birga Rossiya bilan urush qilmasligini ta’kidladi.

Stoltenberg shuningdek, Moskvani Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga chaqirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid