Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida eng ko‘p o‘g‘il egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda yanvar oyida 1 437 nafar egizaklar tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Foto: Thinkstock
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida respublikada 1 437 nafar egizaklar tug‘ilgan. Shundan qiz bola egizaklar 49,5 foiz, o‘g‘il bola egizaklar esa 50,5 foizni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida o‘g‘il egizaklar tug‘ilishi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 103 nafar. Keyingi o‘rinlardan Qashqadaryo viloyati (73 nafar) va Namangan viloyati (68 nafar) joy oldi.
Qolgan hududlarda o‘g‘il egizak chaqaloqlar soni soni quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 33 ta
- Andijon viloyati – 67 ta
- Buxoro viloyati – 33 ta
- Jizzax viloyati – 41 ta
- Navoiy viloyati – 22 ta
- Surxondaryo viloyati – 65 ta
- Sirdaryo viloyati – 19 ta
- Toshkent viloyati– 41 ta
- Farg‘ona viloyati – 63 ta
- Xorazm viloyati – 31 ta
- Toshkent shahri – 67 ta
Mavzuga oid
10:05
Yirik korxonalar traktor ishlab chiqarishni oshirdi
15:46 / 16.01.2026
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39 / 16.01.2026
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42 / 16.01.2026