Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Koreyaga ishga yuborishini aytib, 2 500 dollar olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Marg‘ilon shahrida Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib fuqaroning 2 500 AQSh dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, S.F. IIBga murojaat qilib, 2021 yilning sentabr oyida noma’lum shaxs 2 500 AQSh dollari evaziga ukasi S.B.ni Koreya Respublikasiga jo‘natishini aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qidiruv davomida ushbu jinoyatni M.A. sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
15:32 / 25.05.2026