Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:30 / 05.03.2022
43465
4 daqiqa o‘qiladi
Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish urush e’lon qilish kabi - Putin Ukrainadagi to‘qnashuvlar, NATO va sanksiyalar haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat aviakompaniyalari parvoz tarkibida xizmat qiluvchi ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: RIA Novosti
Uchrashuv vaqtida u Ukrainadagi harbiy harakatlar to‘g‘risida fikr bildirdi.
- Men bu haqda operatsiya boshlanganida ham, bu qaror qabul qilinguniga qadar ham aytgandim. Hech shubhasiz, juda og‘ir qaror.
- Donbassdagi odamlar daydi itlar emas. O‘tgan yillar davomida 13-14 ming kishi o‘ldirildi. 500dan ortiq bolalar o‘ldi yoki mayib bo‘ldi. Ammo shunisiga chidab bo‘lmaydiki, rivojlangan G‘arb shuncha yildan buyon buni sezmaslikni ma’qul ko‘rmoqda. Sakkiz yildan beri.
- Ular Minsk kelishuvlarini bajarmasliklarini televizor orqali aytmoqda. Internetda. Hamma yerda. "Yoqmayapti", "bajarmaymiz" deyishyapti ochiqchasiga. Shu bilan birga Rossiyani bu kelishuvlarni bajarmaslikda ayblab kelishdi. Shunchaki alahsirash bu. Ahmoqona teatr. Oqni qora, qorani oq deyishmoqda.
- Rossiya o‘z xavfsizligiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidni e’tiborsiz qoldira olmaydi – bu "o‘ylab topilgan safsata" emas.
- Kiyevning bugungi rahbari tushunishi kerak – agar shu tarzda davom etishsa, Ukraina davlatchiligi to‘g‘risidagi masala o‘rtaga chiqadi.
- Rossiyada ham neonatsistlar bor, lekin ular Ukrainadagi kabi hukumat ichida emas.
- Rossiya Ukrainada Yaqin Sharqdan kelgan jangarilarni aniqlamoqda – ular jihodmobillardan foydalanmoqda, rossiyalik harbiylar ustiga bostirib bormoqda, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.
- Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish urush e’lon qilish kabi, ammo Xudoga shukr, hali bungacha yetib bormadi.
- Buyuk Britaniya vaziri NATOga nizoga qo‘shilganini aytdi, shu sababli tiyib turuvchi kuchlarni shay holatga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Britaniya tashqi ishlar vazirining NATO Ukrainadagi nizoga qo‘shilgani haqidagi gaplarini hech kim inkor etmadi, Rossiya buni signal deb qabul qildi.
- Rossiya har qanday mamlakatning Ukrainada parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etishini uning qurolli nizoga qo‘shilishi deb hisoblaydi.
- Harbiy holat tashqaridan tajovuz bo‘lganida prezident farmoniga asosan joriy etiladi, bizda bunday vaziyat yo‘q va bo‘lmaydi deb umid qilaman.
- Maxsus operatsiya doirasida Ukrainaning butun harbiy infratuzilmasi va havo-hujumidan mudofaa tizimlari yo‘q qilindi.
- Ukrainadagi operatsiya bosh shtab rejalashtirganidek davom etmoqda.
- Birdan Ukrainaning NATOga qabul qilinishi to‘g‘risida to‘xtovsiz gapira boshlashdi. Bu nimaga olib kelishi mumkin edi? Agar u NATO a’zosi bo‘lsa, shartnomaga muvofiq, alyansning qolgan barcha a’zolari bu mamlakatni harbiy nizo vaqtida qo‘llab-quvvatlashi lozim. Ular Donbassda harbiy operatsiya o‘tkazyapti. Qrimga ham kirishadi. Ana shunda butun NATO bilan jang qilishimizga to‘g‘ri keladi. Buning oqibatlari tushunarlimi? Hammaga tushunarli deb o‘ylayman.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026