Jahon | 17:46 / 06.03.2022
12309
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Yevropada qochqinlar inqirozi Ikkinchi jahon urushidan beri eng tez sur’atlarda o‘smoqda

Ukrainani bir yarim million kishi tark etgan.

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Urush boshlanganidan buyon Ukrainani bir yarim milliondan ortiq kishi tark etgan. Bu haqda BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.

«Yevropada qochqinlar inqirozi Ikkinchi jahon urushidan beri eng tez sur’atlarda o‘sib bormoqda», — deya yozgan Grandi tvitterida.

Ukrainalik qochqinlar Polsha, Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga ketishmoqda.

Yevropa ittifoqi ukrainlar kelayotgan davlatlarning xarajatlarini qoplash maqsadida gumanitar yordam sifatida 500 million yevro ajratgan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenning ma’lum qilishicha, bu birinchi transh bo‘ladi va yordam ajratish davom etadi. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ham davom etishiga va’da qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid