Olmaliqda “perchatka”da yashirilgan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallar fosh etildi
"Olmaliq KMK" AJning bir guruh ishchilari 117,5 mln so‘mlik 160.5 gr qimmatbaho metallarni korxonadan olib chiqishga uringan.
Qayd etilishicha, DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olingan.
Tezkor tadbirda, olmaliqlik X.F. "Olmaliq KMK" AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U "Oltin va kumushni affinajlash sexi"ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida “perchatka”da joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg 435 gr bo‘lgan sanoat mahsuloti – shlam protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln so‘mlik 160.5 gr qimmatbaho metallar mavjudligi aniqlangan.
Fuqaro X.F. Chirchiq shahrida "Olmaliq KMK” AJning qo‘riqlash xizmatida bo‘lib o‘tayotgan qabulda qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Samarqandda qimmatbaho oltin bo‘laklarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan fuqaro ushlanganligi xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
Mavzuga oid

10:00 / 30.10.2024
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” yillik eksport rejasini bajardi

17:16 / 28.08.2024
O‘zbekistonda yer va yer osti boyliklarining muhofazasi kuchaytiriladi

18:54 / 28.11.2023
So‘nggi 3 yilda qariyb 30 nafar fuqaro oltin qazib olish jarayonida halok bo‘ldi – Senat

16:43 / 23.11.2021