Uşbu ijobiy özgariş kombinatning barqaror rivojlaniş strategiyasini izçil takomillaştiriş, ijtimoiy, boşqaruv va ekologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erişiş, şuningdek, kon-metallurgiya sanoatiga xos bölgan atrof-muhit muhofazasi muammolarini muvaffaqiyatli bartaraf etişini aks ettiradi.
"Sustainable Fitch" ekspertlariga köra, OKMK korporativ boşqaruvining kuçli tomonlari, xatarlarni boşqarişning samarali tizimi, soliq majburiyatlarining vijdonan bajarilişi, şuningdek, kadrlar qönimsizligining past darajasi alohida ta’kidlandi.
Reytingning oşişi, hattoki tarmoqning murakkab öziga xosliklariga qaramay, kompaniya tomonidan ESG (ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boşqaruv) körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça amalga oşirayotgan çora-tadbirlarining yuqori samaradorligini körsatmoqda.
Reklama huquqi asosida

















