IIV YHXBBning xabar berişiça, 2022 yil 6 mart kuni soat 21:00 larda, Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tekşiruvda M-39 xalqaro avtomobil yölida joylaşgan "Yuqori nuqta" YPX muntazam maskanida YPX xodimi tomonidan Lacetti maşinasi töxtatilgan.

Xolis guvohlar iştirokidagi tekşiruv davomida, 1989 yilda tuğilgan haydovçi O.A.ning çöntagi va maşinaning salon qismidan jami 15 dona, turli xil şaklda quyilgan, umumiy oğirligi 525 gramm miqdorda oltin bölaklari topilgan.

Uşbu qimmatbaho bölaklar noqonuniy ravişda olib ketilayotganlikda gumonlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan va maşina vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Bulunğur tumani bölimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.