“O‘zbekneftgaz”: Tizimdagi boshqarmalar, zavod va neft bazalarda 4 ming nafarga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJda bir qator ishlar amalga oshirildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va unda xotin-qizlarni jalb qilgan holda ishni tashkil etishga alohida e’tibor berildi. Ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, qulay sharoitlar yaratish choralari ko‘rildi.
Jamiyat tarkibidagi boshqarmalar va zavodlarda ishlab chiqarish yo‘nalishida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning malakasini oshirish, ularni ish faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlash, yetarli sharoitlar yaratish asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
Jumladan, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida 672 nafar, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 600 nafar, Muborak gazni qayta ishlash zavodida esa 400 nafar, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 482 nafar xotin-qizlar faoliyati olib borishadi. Ko‘rib turganingizdek, aynan tabiiy gaz va neft mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish yo‘nalishida xotin-qizlar o‘rni nihoyatda muhimdir.
Shu sababli ham tizim korxonalari, zavodlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy xizmat sifatini doimiy yaxshilab borish masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida, Jamiyat hamda uning tasarrufidagi 34 ta korxona, tashkilotlar tomonidan nafaqadagi faxriy ayollarga va ularning oilalarga moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Korxonalar kesimida xotin-qizlar muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilib, bu haqda har oyning yakunida Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Personalni boshqarish departamenti bilan birgalikda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga hisobot berib boradi.
Ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda o‘z mehnati bilan hissa qo‘shib kelayotgan barcha xotin-qizlarning sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratilgan, birgina o‘tgan yilning o‘zida ular uchun Samarqand, Buxoro va Xiva tarixiy shaharlariga turlar amalga oshirildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024