Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident “O‘zbekneftgaz” AJning 3 nafar faol xotin-qizlarini davlat mukofoti bilan taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan davlat va jamiyat hayotida o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Mamlakatimiz neft va gaz sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ayollar doimo e’tiborda bo‘lib kelgan va shu sabab mukofotlanganlar orasida “O‘zbekneftgaz” AJda faoliyat olib borayotgan quyidagi ayol xodimalar bor:
Shamiyeva Dilfuza Xolmurodovna - Muborak gazni qayta ishlash zavodining eksperimental ta’mirlash-mexanika sexi texnologik qurilmalar operatori “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Nurillayeva Nurxon Botir qizi - “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyati markaziy laboratoriyasi laboranti “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Nurillayeva Nurxon Botir qizi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft va gaz sohasini rivojlantirish yo‘lida “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining qurilish davridan hozirgi kungacha Zavod markaziy laboratoriyasida samarali mehnat qilib kelayotgan yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi.
Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna – “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining sex muhandis-metrologi “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025