Jahon | 16:49 / 07.03.2022
40058
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati mamlakatga do‘st emas deb hisoblanuvchi davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi

Ro‘yxatdan AQSh va Kanada, Yevroittifoq mamlakatlari hamda 20dan ortiq davlat va hududlar o‘rin oldi.

Foto: Getty Images

Rossiya hukumati Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshirgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi

Ro‘yxatga AQSh va Kanada, Yevroittifoq davlatlari, Buyuk Britaniya (shuningdek, Jyersi, Angilya, Britaniya Virjin orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveytsariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritildi.

Bu mamlakat va hududlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan yoki e’lon qilingan sanksiyalarga qo‘shilgan. 

Rossiya fuqarolari va kompaniyalari, mamlakatning o‘zi va uning regionlari ro‘yxatdagi mamlakatlar kreditorlari oldidagi qarzlarini rublda to‘lashlari mumkin.

Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyalarining do‘st bo‘lmagan davlatlar firmalari bilan tuziladigan barcha shartnomalari hukumat komissiyasi tomonidan ma’qullanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid