12:49 / 08.03.2022
54530

O‘zbek ayollari: Bir asrlik fotojamlanma

O‘tgan asrda O‘zbekistonda ko‘plab ziyoli va olima ayollar yetishib chiqib, xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida faoliyat yurita boshladilar. Biroq xotin-qizlarning mutlaq ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida – paxta terish, pilla yetishtirish, traktor haydash bilan band edi; kezi kelganda front ortida ham mehnat qilishdi. Kun.uz O‘zarxiv agentligi bilan hamkorlikda o‘zbek ayollari tasvirlangan sovetlar davri fotosuratlari jamlanmasini taqdim etadi.

Ayollar ta’lim kurslari. Buxoro. 1928 yil / Foto: O‘zArxiv
Yerga ishlov berish. Taxta Orol. 1930/1931 yil / Foto: O‘zArxiv
Toshkent charm zavodi ximigi Malika Bulatova zavod laboratoriyasida tahlil o‘tkazish jarayonida. Toshkent shahri. 1937 yil / Foto: O‘zArxiv
Savodxonlik maktabi. Qoraqalpog‘iston. 1938 yil / Foto: O‘zArxiv
Quyi Chirchiq rayonidagi eng yaxshi X-kollektor qurilish ishchilari o‘z ishidagi yaxshi ko‘rsatkichlari uchun mukofotlar bilan taqdirlangan. Toshkent viloyati. 1939 yil / Foto: O‘zArxiv
Quyi Chirchiqda X-kollektor qurilish maydonchasida tuproq ishlari. 1939 yil / Foto: O‘zArxiv
Qibraydagi Salar GESi qurilishi ishchilari: Z.Kalamova, I.Azimova, O.Volodina, S.Gilyasova. Toshkent viloyati. 1943 yil / Foto: O‘zArxiv
Andijon viloyati Izboskan tumani Budyoniy nomli kolxoz ishchilari. Andijon viloyati. 1945 yil / Foto: O‘zArxiv
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Dmitrov nomli kolxoz zveno boshlig‘i Zulfiya Yunusova navbatdagi paxta sug‘orish ishlarini olib bormoqda. 1946 yil / Foto: O‘zArxiv
 Isa Odilova – Toshkentdagi 1-sonli ayollar o‘rta ta’lim maktabi birinchi sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berish jarayonida. 1947 yil / Foto: O‘zArxiv
Malikaxon Hamdamova – Farg‘ona viloyati Kaganovich rayonidagi Kalinin nomli kolxoz paxta terimchisi, ish ustida. Farg‘ona viloyati. 1950 yil / Foto: O‘zArxiv
Fotima Turaxo‘jayeva – Toshkent taksamotor parki haydovchisi EF-09-41 raqamli avtomashinasi oldida. Toshkent shahri. 1953 yil / Foto: O‘zArxiv
L.Kdiraliyeva – oltinchi sinf o‘quvchisi, “Qirq qiz” xalq ansamblining eng yosh ishtirokchisi. Qoraqalpog‘iston. 1970 yil / Foto: O‘zArxiv
O‘zbekiston Gosteleradiosi bolalar xori yakkaxon ijrochilari, opa-singil Alimjonovalar. Toshkent shahri 24-maktab 2-sinf. 1982 yil / Foto: O‘zArxiv
“O‘zbekiston” kinostudiyasida suratga olingan “Uyg‘onish” filmi qahramonini ijro etgan “VGIK” 4-kurs talabasi D.Egamberdiyeva. Toshkent shahri. 1982 yil / Foto: O‘zArxiv
 “O‘zbekiston” kolxozidagi sayyor kutubxona mudirasi – K.Yo‘ldosheva. Farg‘ona viloyati. 1983 yil / Foto: O‘zArxiv
Baxri Akramova (Shomahmudova) – Ulug‘ Vatan urushi yillari 15 nafar yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olgan qahramon ayol. Toshkent shahri. 1986 yil / Foto: O‘zArxiv
Qarshi tumani Kojar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 100 yoshli Zumrad momo Jumayeva nevara va avaralari davrasida. Qashqadaryo viloyati. 1990 yil / Foto: O‘zArxiv
Navbahor tumanidagi Navbahor qishloq xo‘jaligi korxonasi terimchi qizlari paxta dalalarida. Navoiy viloyati. 1999 yil / Foto: O‘zArxiv

Bugungi kunda ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi uchun turli ko‘rinishdagi rag‘batlantirishlar berilmoqda. Biroq hali ham jamiyatda ishsiz, uy-joysiz ayollar, oila a’zolari tomonidan zo‘ravonliklarga uchrayotgan, bolasining aliment pulini ololmayotgan onalar, qishloqlarda gazsiz ovqat pishirib qishni o‘tkazayotgan ayollar talaygina.

Namangan viloyati Nanay qishlog‘i. Ariqdan suv olishga ketayotgan ayollar / Foto: KUN.UZ
Velosipedda manziliga ketayotgan ayollar. Andijon viloyati Baliqchi tumani / Foto: KUN.UZ
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Langar qishlog‘i. 80 yoshli Orzigul momo / Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Qahramoni, taniqli paxtakor (marhum) Siyosatxon Abdullayeva (chapda)
 Qizlar bahor saylida
2022 yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni tantanalaridagi faol ayollar. Toshkent / Foto: Prezident matbuot xizmati

Zilola G‘aybullayeva tayyorladi.

Top