O‘zbekiston | 21:02 / 09.03.2022
14111
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Toshloq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kavlanova Kamila Anvarovna Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Kamila Kavlanova 1962 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

Kamila Kavlanova 1983-1996 yillarda Toshloq tumani madaniyat bo‘limida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 1996-2010 yillarda tuman hokimligining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi bo‘lib faoliyat olib borgan.

2010-2020 yillarda esa Toshloq tuman hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2019-2020 yillarda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbari, 2020 yilda Farg‘ona viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-2022 yillarda Toshloq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

Tayinlovga qadar Toshloq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Mavzuga oid