Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus ikki piyodani urib yubordi
Piyodalardan biri vafot etgan. 5 yoshli piyoda shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 8 mart kuni soat 11:30 da Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi “MIRANDA” do‘koni qarshisida, haydovchi – 1996 y.t. S.M. “MAN” rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan.
Oqibatda: piyoda – 1952 yilda tug‘ilgan R.Z. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, piyoda – 2017 yilda tug‘ilgan R.Ye. “bosh sohasi lat yeyishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:59
Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti 5 kunga to‘xtatiladi
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:48 / 24.04.2026
Toshkentda avtobuslar uchun yana 16 ta yo‘nalish tashkil etilib, 70 ta yangi bekat quriladi
22:00 / 23.04.2026