Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi qarzlarini rublda to‘lashi ma’lum qilindi
Rossiya banklari va davlat korporatsiyalariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritilgani sababli mamlakatning suveren qarzi va markaziy banki aktivlari ham cheklovga tushgan.
Foto: AP
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov mamlakatning tashqi qarzlari rublda to‘lanishini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant’”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi qarzlar, jumladan, davlat qarzlarini to‘lashning maxsus tartibi o‘rnatilgan.
«Tashqi qarzlarimizni rublda to‘laymiz, konvertatsiyani esa oltin-valuta zaxiralarini yechish hisobiga amalga oshiramiz»,- dedi Siluanov.
Avvalroq moliya vazirligi Rossiya davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va qarzlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini «o‘z vaqtida va to‘liq hajmda» bajarishini ma’lum qilgandi.
Rossiya banklari va davlat korporatsiyalariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritilgani sababli mamlakatning suveren qarzi va markaziy banki aktivlari ham cheklovga tushgan. Rossiya xalqaro rezervlardagi 643 mlrd dollar mablag‘ining 150–200 mlrd dollaridan foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
09:20
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
08:23
Infografika: dunyoda eng katta tashqi qarzga ega davlatlar
12:53 / 17.05.2026
Rossiya bo‘ylab ommaviy dronlar hujumi: Moskvada 3 kishi halok bo‘ldi
09:34 / 16.05.2026