Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti yangi jahon urushi boshlanib bo‘lganini aytdi
Maduroning fikricha, vaziyatning yomonlashishi va sanksiyaviy bosimning davom etishi yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Foto: Reuters
Jahondagi sanksiyaviy qarama-qarshilikning yanada kengayishi insoniyatni xatarga qo‘yishi mumkin, degan fikrni bildirdi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.
Maduroning so‘zlariga ko‘ra, jahon urushi allaqachon boshlandi.
«Jahon urushi boshlanib bo‘ldi va uning birinchi bosqichi iqtisodiy tusga ega. Sanksiyalar, embargo, neft, yonilg‘i, po‘lat, bug‘doy, makkajo‘xori, guruch yetkazib berish, oziq-ovqatlar, xomashyo va energiya resurslari narxlari bilan bog‘liq noaniqliklar. Bularning bari mamlakatlar va mintaqalarning qo‘lini qayirish uchun qilinmoqda», — dedi Maduro.
Uning fikricha, vaziyatning yomonlashishi va sanksiyaviy bosimning davom etishi oxir-oqibat yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026