O‘zbek paxtasidan boykot olib tashlandi. Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
O‘zbekistonda paxta yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni mamlakatning o‘zida tashkil qilish imkoni bor. Bu esa xalqaro hamjamiyatni o‘ziga jalb qila oladi va ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda “Cotton Sampaign” koalitsiyasi direktori Partitsiya Jurevich va O‘zbekiston rasmiylari boykotning bekor qilinishi O‘zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli ekani haqida ma’lumot berdi.

“Cotton Sampaign” koalitsiyasi direktorining qayd etishicha, O‘zbekistonda paxta yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni mamlakatning o‘zida amalga oshirish imkoniyati xalqaro hamjamiyatni o‘ziga jalb qila oladi.
“Men O‘zbekistonni betakror mamlakat deb bilaman. Klasterlar ko‘rinishidagi vertikal integratsiya orqali paxta bilan bog‘liq barcha jarayonlar shu yerning o‘zida amalga oshirilishi imkoni bor. Bunda paxta yetishtiruvchilardan tortib to oxirgi mahsulot tayyor bo‘lgungacha jarayonlarda to‘la shaffoflik va kuzatuvchanlikka erishish mumkin. Bu juda noyob hodisa va xalqaro hamjamiyatni o‘ziga jalb qila oladi. Klasterlar ittifoqi esa, bu albatta yaxshi, u orqali ko‘plab ish o‘rinlarini yaratish, qolaversa, paxta sanoatida ishlovchilarning hayotini yaxshilay olish mumkin”, dedi Partitsiya Jurevich.
Senat Raisi Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, ishlab chiqarishni to‘laligicha mamlakatning o‘zida tashkil qilish eksport qiymatini oshiradi, qolaversa, ish o‘rinlari yaratilishiga imkon beradi.
“Oldinroq biz butun paxtamizni xomashyo sifatida 1 mlrd dollarga eksport qilardik. O‘zbekistonda umuman ishlab chiqarish yo‘q edi, hammasi xomashyo sifatida sotilardi va o‘z paxtamizdan ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘zimizga yetib kelardi. Lekin hozir prezidentimizning siyosati: paxtani eksport qilmasdan ishlab chiqarishni o‘zimizda tashkil qilishdan iborat. 2-3 yildan beri paxta xomashyo sifatida eksport qilinmayapti va o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilyapti. Buning uchun 120 tadan ortiq klasterlarimiz bor. Agar oldin paxta xomashyosi 1 mlrd dollarga eksport qilingan bo‘lsa, hozir ishlab chiqarish hisobiga 3 mlrd dollarlik qiymatga erishdik.
Keyingi 4-5 yil ichida 50 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilishni reja qilganmiz. Bu qo‘shimcha ish o‘rinlari deganidir”, dedi Senat raisi.
“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi rahbari Murtazo Rahmatovning qo‘shimcha qilishicha, 1 kg paxta ishlab chiqarish bosqichlaridan so‘ng 50 dollarlik qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 19:24
-
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:22
-
Infinix'ning Note 50 seriyasi: zamonaviy dizayn, yuqori tezlik va aqlli funksiyalar birlashmasi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi
Jahon | 18:46
Mavzuga oid

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025