Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: «SSSR sanksiyalar sharoitida yashab, katta muvaffaqiyatga erishgan»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni qabul qildi. Tomonlar Ukrainadagi vaziyatni va sanksiyalarni muhokama qilgan.
Putinning aytishicha, sobiq ittifoq sanksiyalar sharoitida ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan: «SSSR chindan sanksiyalar sharoitida yashab, katta muvaffaqiyatlarga erishgan. 1990 yildan keyin ham Rossiyaga qarshi [sanksiyalar] saqlanib qolgan. Keyin esa sanksiyalar yangidan yangi bosqichlarga chiqdi», dedi Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda oldinga siljish ko‘zga tashlangan. «Rossiya tomonidan muzokaralarda qatnashganlar menga shunday hisobot berishdi», dedi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti belaruslik hamkasbini Belarus konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendumni muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Mavzuga oid
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026