Jahon | 14:41 / 11.03.2022
11440
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekiston va yana yetti mamlakat bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi

Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron bilan parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilingan.

Foto: KUN.UZ

Rossiya koronavirus sababli O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarga kiritilgan cheklovlarni o‘zaro asosda olib tashladi. Bu haqda Rosaviatsiya ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, shuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron bilan parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilingan.

Cheklovlar 9 martdan olib tashlandi, ushbu sanadan boshlab nomuntazam va muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid