O‘zbekiston | 09:00 / 12.03.2022
4245
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Investitsion loyiha doirasida yil yakuniga qadar 1,095 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilmoqda

Gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir qancha qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Ustyurt hududida geologik qidiruv ishlarini olib borish va o‘zlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadigan “Natural Gas-Stream” KQ MChJ ham ana shunday hamkorlardan hisoblanadi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida ushbu qo‘shma korxona tomonidan ayni paytda “Sechanko‘l”, “Oqjar” va “Chimboy” investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda “Urga”, “Oqchaloq” va “Chandir” guruhi konlarida qazish ishlarini amalga oshirish” jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 701,4 million dollarni tashkil etadi.

Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 27 ta quduqda burg‘ilash ishlari tugatildi va 600 kv.km. maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazildi.

Investitsion loyiha doirasida “Oqchaloq” konida qo‘shma korxona tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • • 15 ta quduq obodonlashtirildi.
  • • Uzunligi 78,9 km. tashkil etadigan gaz quvurlari o‘tkazildi.
  • • 5,5 km suv quvuri o‘rnatildi.
  •  • 40,5 km elektr uzatish liniyalari tortildi.
Foto: O‘zbekneftgaz

“Chandir” konida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • • 137,7 km gaz quvurlari o‘tkazildi.
  • • 81,6km elektr uzatish liniyalari, konni telefon aloqa va internet bilan ta’mirlash maqsadida 119,8 km optik tolali aloqa liniyasi kabeli o‘tkazildi.
  • • 133,3 km yo‘l qurildi.
  • • 50 kishilik ishchilar shaharchasi qurildi.

“Urga” konida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • • “Buxara-Ural” gaz quvuriga o‘tqazish uchun gazni hisobga olish moslamasi barpo etildi.
  • • 23 kishilik ishchilar shaharchasi qurildi.
  • •  3 ta quduq obodonlashtirildi.
  • • 3,1 km gaz quvurlari o‘tkazildi.
Foto: O‘zbekneftgaz

Ayni paytda “Oqchaloq” investitsion blokida 1 ta quduqda yon stvolini kesish (Ko‘kchaloq koni), 3 ta quduqni mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. “Urga” konida 1 ta quduqni mukammal ta’mirlash, 1 ta quduqda yon stvolini kesish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Oqchaloq” konida joylashgan 3-sonli quduqda gaz yig‘uvchi kollektorga ulanish ishlari amalga oshirildi. “Urga” konida 9-sonli quduqda yon stvolini kesish, 4-sonli quduqda qatlamni gidravlik yorilish ishlari olib borilgan. Quduqlarni gaz yig‘uvchi kollektorga ulash ishlari amalga oshirilgan.

2022 yil yakuniga qadar 1,095 mlrd metr kub tabiiy gaz va 27,2 ming tonna gaz kondensati qazib olish kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid