Qozog‘iston hukumati iqtisodiy vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilib, aholini vahimaga tushmaslikka chaqirdi
Qozog‘iston hukumati bayonot bilan chiqdi. Unda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat haqida ma’lumot berilgan.
Bayonotda aytilishicha, mamlakat hukumati va Milliy banki birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini amalga oshirmoqda.
Qayd etilishicha, aholining omonatlari bo‘yicha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan badallarni hisoblashni nazarda tutuvchi tengedagi depozitlarini himoya qilish dasturi ishlab chiqilgan.
“Ikkinchi darajali banklar 2022 yil 12 mart holatiga qariyb 15,3 trillion tenge yoki aktivlar 40 foizini tashkil qiluvchi yuqori likvidli aktivlarning sezilarli zaxirasiga ega.
Bank likvidligiga qo‘yiladigan prudensial talablar regulyatorning minimal talablaridan to‘rt baravar yuqori”, deyiladi bayonotda.
Bildirilishicha, jismoniy shaxslarning omonatlari qonun hujjatlarida belgilangan chegaralar doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi. Yanvar oyida aholining tengedagi jamg‘arma omonatlari bo‘yicha kafolat miqdori, shuningdek, jamg‘armalar va valutalar bo‘yicha maksimal umumiy kafolat summasi 20 million tengega oshirildi.
“Hukumat inflatsiyani nazorat qilish va pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Hukumat, Milliy bank va Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi, aholini vahimaga tushmaslikka, faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga chaqiramiz.
E’tiboringizni provokatsion xarakterdagi noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun Qozog‘iston qonunchiligiga muvofiq javobgarlik nazarda tutilganligiga qaratamiz”, deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024