Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeOII va Xitoy mustaqil valuta-moliya tizimi loyihasini ishlab chiqmoqda
Dastlabki loyiha mart oxiriga qadar muhokama uchun taqdim etiladi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy mustaqil xalqaro valuta-moliya tizimi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Sergey Glazevga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Qayd etilishicha, tizim ishtirokchi mamlakatlarning milliy valutalari va birja mahsulotlari narxi indeksi hisoblanuvchi yangi xalqaro valutaga asoslanishi ko‘zda tutilmoqda.
"Jahon iqtisodiyotining sekinlashishi hamda YeOII va Xitoyga nisbatan cheklovlar bilan bog‘liq umumiy xatarlarni hisobga olgan holda mamlakatlarimiz amaliy hamkorlikni kuchaytirishi lozim", — dedi Glazev.
Xabarga ko‘ra, dastlabki loyiha mart oxiriga qadar muhokama uchun taqdim etiladi.
Avvalroq Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valutalarida olib borishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
16:48 / 29.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026