Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valutalarida olib borishi mumkin – OAV
Ma’lumot berilishicha, ikki mamlakat asosiy valuta sifatida Xitoy yuanini jalb etish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni dollar va yevroda emas, rubl va rupiyada olib borish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda MInt nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, ikki mamlakat asosiy valuta sifatida Xitoy yuanini jalb etish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Rejaga ko‘ra, Rossiya bankiga to‘lov qilish uchun Hindiston bankida, Hindiston bankiga to‘lov qilish uchun Rossiya bankida hisobraqam ochish lozim bo‘ladi.
"Biz suzuvchi almashuv kursi tizimini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Hisoblash nuqtasi sifatida uchinchi valuta, masalan, yuanni olish mumkin", - degan manbalardan biri.
Qayd etilishicha, ilgari kichik ko‘lamda, xususan, choy yetkazib berishda rupiya va rublda to‘lovlar amalga oshirilgan.
Avvalroq rossiyalik investorlarning yuan bilan savdo qilishga qiziqishi oshgani aytilgandi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026