Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentdan Bekobod şahriga yangi elektropoyezdda taşrif buyurdi. Bekobod temiryöl vokzalida davlat rahbariga mazkur yönalişda amalga oşirilgan işlar va yangi transport xizmati haqida axborot berildi.

Mazkur loyiha prezidentning 2025 yil 27 dekabrda qabul qilingan «2030 yilga qadar temir yöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida amalga oşirildi.

Uzunligi 192 kilometr bölgan «Toşkent – Bekobod» temiryöl yönalişida olti vagondan iborat zamonaviy elektropoyezd harakatlanadi. Poyezd 586 nafar yölovçiga möljallangan bölib, soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlaniş imkoniyatiga ega.

Yangi qatnov, ayniqsa, har kuni iş va öqiş maqsadida Toşkent hamda Bekobod örtasida qatnaydigan fuqarolar uçun transport xizmatlarini ança yengillaştirişi kutilmoqda.

Elektropoyezd zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Vagonlarda konditsioner va isitiş tizimlari, yumşoq örindiqlar, USB quvvatlaş nuqtalari, Wi-Fi tarmoği, elektron axborot tablolari va videokuzatuv tizimlari örnatilgan. Şuningdek, nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar hamda velosipedlar uçun alohida joylar taşkil etilgan.

Ta’kidlanişiça, yangi elektropoyezdning yölga qöyilişi avtomobil yöllaridagi transport yuklamasini kamaytiriş, ekologik toza transport turlari uluşini oşiriş hamda aholiga körsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Taşrif çoğida prezident temir yöl infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, yölovçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş, temiryöl tarmoqlarini elektrlaştiriş va vokzallar hamda ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi. Şuningdek, vokzal infratuzilmasini takomillaştiriş, xizmat körsatiş sifati va yölovçilar harakatini samarali taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.