Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Bayden va Tryudoga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Rossiya AQSh prezidenti Jo Bayden va qator amerikalik amaldorlarga qarshi personal sanksiyalar joriy etdi.
Jumladan, ro‘yxatda Davlat kotibi Entoni Blinken, Markaziy qidiruv boshqarmasi direktori Uilyam Byorns, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer va mudofaa vaziri Lloyd Ostin nomlari bor.
Shuningdek, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Baydenning o‘g‘li Hanter ham sanksiyalarga uchragan.
Xabar qilinishicha, gap Rossiyaga kelishni taqiqlash haqida ketadi.
Keyinroq Rossiya TIV xuddi shunday sanksiyalar Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ham qo‘llanganini ma’lum qildi.
Sanksiyalar Rossiyaning yuqori martabali shaxslari AQShga kirishi taqiqlanishini ham ko‘zda tutuvchi qator «misli ko‘rilmagan sanksiyalar»ga javoban qabul qilingan.
- AQSh Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 25 fevral kuni RF prezidenti Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va qator yuqori martabali mansabdorlarga sanksiyalar qo‘llagandi. Sanksiyalarga ko‘ra aktivlar muzlatilishi nazarda tutilgan. Oq uydagilar bu sanksiya AQShga kirishni taqiqlashini ham qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026