“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Londonda “Credit Agricole” va “Credit Suisse” xalqaro banklar vakillari bilan uchrashdi
“O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro moliya institutlar tajribasidan samarali foydalanish maqsadida Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Angliyaning London shahrida bo‘ldi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi Jamiyat delegatsiyasining Londonga tashrifi doirasida “Credit Agricole” va “Credit Suisse” kabi yirik xalqaro banklar vakillari bilan uchrashdi.
1856 yilda asos solingan “Credit Suisse” banki nafaqat Shveytsariyada,, balki jahonda nufuzli o‘rin tutadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi 2011 yildan buyon global tizimli muhim va ishonchli bank hisoblangan “Credit Suisse” banki bilan uzoq muddatli hamkorlikni rejalashtirgan.
Uchrashuvda bank jamoasi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarilishi va qayta ishlanishi, neft mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda uning iste’molchilarga yetkazib berilishi kabi masalalarga qiziqish bildirishdi.
O‘z navbatida ular “O‘zbekneftgaz” AJning umumiy faoliyati, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.
“Credit Agricole” va “Credit Suisse” banklari vakillari “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotiga ijobiy audit xulosasi berilgani, Jamiyat o‘z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” tomonidan “barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi reytingni egallagani hamda London fond birjasida 700,0 million AQSh dollari miqdorida debyut yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirganligini alohida e’tirof etishdi.
Fransiya moliyaviy konglomerati hisoblangan “Sredit Agricole” xalqaro banki mutasaddilari ham “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati haqida ko‘pgina ma’lumotlarga ega ekanliklarini va befarq emasliklarini ta’kidlashdi.
Mamlakat bank bozorining “katta to‘rtligi”dan biri va 2018 yilda o‘z aktivlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik banklar kuchli o‘ntaligidan joy olgan “Sredit Agricole” vakillari ham “GTL Uzbekistan” zavodi borasida qiziqish bildirishdi.
Banklar vakillari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab, «O‘zbekneftgaz» AJ ehtiyojlarini hisobga olgan holda moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha takliflar berish uchun zarur materiallarni qo‘shimcha o‘rganib chiqishni taklif qilishdi.
Uchrashuvlar natijasida doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va hamkorlikning barcha mavjud istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zaro ishlab chiqishga kelishib olindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024