Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina mudofaa vaziri Yevroittifoqdan ko‘proq qurol berishini so‘radi
Ukraina mudofaa vaziri mamlakatga hujum qilishda Belarusdan foydalanilgani borasida ham xavotir bildirgan.
Ukraina harbiy yordam olish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi Yevronyus.
Qayd etilishicha, Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Yevropa parlamenti bilan bog‘langan va YeIdan Rossiyaga qarshi turish uchun ko‘proq qurol berishini so‘ragan.
"Terror taktikasiga qaramasdan, biz g‘alaba qozonamiz. Faqat gap ukrain xalqi to‘laydigan bahoda. Terrorning maqsadi – qo‘rquv solish. Bizda qo‘rquv yo‘q. Sizlarni ham qo‘rquvdan xalos bo‘lishga chaqiraman", degan u.
Ukraina mudofaa vaziri mamlakatga hujum qilishda Belarusdan foydalanilgani borasida ham xavotir bildirgan. Reznikovning fikricha, Belarus Rossiyaning jangovar logistika markaziga aylangan va oxir-oqibat Minsk ushbu urushga qo‘shilishi mumkin.
Yevropa ittifoqi Ukrainaga qurol sotib olish va jo‘natish uchun 500 mln yevro ajratilishini ma’qullagan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026