O‘zbekiston | 16:10 / 18.03.2022
10101
2 daqiqa o‘qiladi

Vodiydagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: KUN.UZ

Respublikada kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sababli vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati soat 18:00 dan vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘ztransgaz» axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 18 mart soat 18:00 dan 19 mart soat 06:00 gacha faoliyatini to‘xtatadi.

“Respublikamizda kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obektlari, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash birlamchi vazifa sanaladi” - deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqqan holda, Farg‘ona vodiysidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va strategik ahamiyatga ega obektlarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish vaqtincha to‘xtatiladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilayotgani xabar qilingan edi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid