Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya Rossiyadan gaz sotib olishni to‘xtatadi
Bolgariya hukumati suyultirilgan gaz sotib olish uchun Gretsiya va Turkiyaning mavjud infratuzilmasidan foydalanishni va Ozarboyjondan gaz import qilishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Bolgariya «Gazprom» bilan amaldagi shartnoma nihoyasiga yetganidan so‘ng Rossiya gazidan voz kechadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Asen Vasilev ma’lum qildi.
«Muqobili bor. Transbolqon oqimining eski quvurlari. Qatar, Jazoirdan gaz keladi. Bu umumevropa strategiyasi. Kelasi 1-2 hafta davomida butun YeI uchun umumiy gaz shartnomasini tuzish masalasi muhokama qilinadi»,— dedi Vasilev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Bolgariya hukumati suyultirilgan gaz sotib olish uchun Gretsiya va Turkiyaning mavjud infratuzilmasidan foydalanishni va Ozarboyjondan gaz import qilishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Bolgariya deyarli barcha gazni Rossiyadan import qiladi.
«Gazprom» bilan shartnoma shu yilning iyulida tugaydi.
Avvalroq Germaniya kuzga borib Rossiya ko‘miriga qaramlikdan qutulishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026