Samarqandda IIB xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan 16 nafar sportchi qamoqqa olindi
Samarqand viloyati IIB hamda DXX xodimlari hamkorligida sport majmualarida tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan va ularda ko‘plab qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB hamda DXX xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sportchilar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand shahar hududida joylashgan 14ta yirik sport majmuasida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Tadbirlar davomida 7ta sport majmuasida murabbiylarning sertifikati yo‘qligi, shug‘ullanuvchilarning ro‘yxatga olish tizimi tashkil etilmagani, murabbiy va sportchilar sog‘ligi haqida ma’lumotlar yo‘qligi, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi, birinchi yordam hamda tibbiyot burchagi ham mavjud emasligi aniqlanib, barchasiga tegishli bayonnomalar tuzilgan.
Bundan tashqari, 10ta sport majmuasida ruxsatnomasiz sotib kelinayotgan 72 kilogramm protein va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari hujjatlashtirib olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 16 nafar sportchi shaxs IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik qilgan, shuningdek, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani uchun qonunda belgilangan tartibda qamoqqa olingan.
Sport zallari va klublarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati to‘xtatilgan hamda klub egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirilgan.
Qayd etilishicha, bu kabi tezkor tadbirlar barcha joylarda davom etmoqda.
Avvalroq Samarqanddagi avtoshohbekatlardan birida kira qiladigan haydovchilardan «dolya» undirib kelgan bir guruh sportchilar qo‘lga olingandi.
Bundan tashqari, Samarqanddagi yana bir avtoshohbekatda kira qiladigan haydovchilardan «dolya» undirib kelgan jinoiy guruh o‘zlariga qarshi chiqqan yoki so‘ralgan pullarni bermagan haydovchilarga bir guruh uyushgan sportchilarni yollab, ular orqali jismoniy tazyiq o‘tkazib, zo‘ravonlik va og‘ir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelishgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024