Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Samarqand şahrida yaşovçi, muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar şaxs “Samarqand-Navoiy” va “Samarqand-Buxoro” yönalişida qatnovçi haydovçilardan zöravonlik va tovlamaçilik yöli bilan, doimiy yönalişda taksiçilik qiliş uçun 300-500 dollar, kunlik qatnovçi haydovçilardan 30-50 ming sömgaça pulni tamagirlik yöli bilan undirib kelişgan.
Jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga qarşi çiqqan yoki söralgan pul mablağlarini bermagan fuqarolarga bir guruh uyuşgan sportçilarni yollab, ular orqali jismoniy tazyiq ötkazib, zöravonlik va oğir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelişgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakçilari V.F. va E.D. tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamaçilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan V.F. va E.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Avvalroq huquqni himoya qiliş organlari tomonidan Bulunğur tumanida litsenziyasiz kirakaşlik qilib kelgan fuqarolardan pul undiriş bilan şuğullangan guruh qölga olingandi.












