Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça mutaxassis, falsafa ad’yunkt-professori Qodir Quliyev Özbekistonda olib borilayotgan antikorrupsion siyosat samaradorligi mavzusida Kun.uz bilan suhbatda şu va boşqa fikrlarni bildirib ötdi.
Qodir Quliyev BMT huzuridagi Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş akademiyasining bitiruvçisi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi a’zosi hisoblanadi.
— Xalqaro ekspert sifatida Özbekistonda olib borilayotgan korrupsiyaga qarşi kuraş holatini birdan öngaça şkalada neçaga baholaş mumkin?
— Korrupsiya har bir davlatda özining elementlariga qarab turli xil böladi. Ba’zilar aytadi, korrupsiyani tag-tubi bilan yöq qiliş kerak, deb. Katta xalqaro ekspertlar korrupsiya doim bor bölişini, uni heç qaçon butunlay yöqotib bölmasligini isbotlab berişgan. Faqat korrupsiya darajasini minimumgaça pasaytirişni nazorat qiliş mumkin.
Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş hissiyoti yaxşi tomonga özgaryapti, bunga siyosiy iroda bor. Korrupsiyaga qarşi kuraş oddiy xalqning hayotida öz aksini topişi kerak. Kimdir davlat idorasiga borsa korrupsiyasiz işini bitira olişi kerak. Hozir bu narsada oqsaş bor bizda. Lekin tizimda özgarişlar uçun albatta vaqt kerak. Şkalada baholasak, 10 ball berolmayman, lekin albatta 5 dan yuqori.

— Korrupsiyaga qarşi kuraşda milliy mentalitet va bu asosidagi tarbiyaning örni qanday?
— Albatta, bola tuğilganidan boşlab unga işonç, aldamaslik va kattalarga hurmat kabi tuşunçalar singdirilişi kerak. Afsuski, hozirgi kunda mehmondöstlik, taniş-biliş va katta hurmat kabi odatlarimiz suiiste’mol qilinyapti, korrupsiya uçun niqob bölyapti.
Masalan, davlat taşkilotlarida boşliğingiz yoşi katta bölsa, unga haqiqatni ayta olmaysiz, gapirsangiz sizni kattaga behurmatlik qilişda ayblaydi.
Hozir bizdagi korrupsion holat foyda-zarar tahlili bilan boğliq. Masalan, biror mansabdor korrupsiya sodir qilişdan avval uning ortidan nimalar kelişini öylab soliştirib köradi. Qölga tuşsam nima böladi, tuşmasam qança foyda köraman deyişadi. Lekin heç kim bu işidan aybdorlik hissini tuymaydi. Mansabdorlarda aybdorlik hissi nolga teng.











