Jahon | 22:29 / 21.03.2022
9935
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada "Yandeks.Taksi" taqiqlandi

23 martdan boshlab yo‘lovchi tashuvchilar Yandex Go mobil ilovasidan foydalana olmaydi, servis esa Latviya hududida xizmat ko‘rsatmaydi.

Foto: Yandeks

Latviya avtotransport direksiyasi mamlakatda "Yandeks.Taksi" servisi litsenziyasini to‘xtatish va Yandex Go mobil ilovasini bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, servis Rossiyadagi serverlar bilan ma’lumot almashadi, bu esa Latviya milliy xavfsizligiga tahdid soladi.

Avtotransport direksiyasi rahbari Kristian Godinshning so‘zlariga ko‘ra,  fuqarolarga oid ma’lumotlarning YeI yoki NATOga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga uzatilishi jiddiy qonunbuzilishi hisoblanadi.

23 martdan boshlab yo‘lovchi tashuvchilar Yandex Go mobil ilovasidan foydalana olmaydi, servis esa Latviya hududida xizmat ko‘rsatmaydi.

Ta’kidlanishicha, 23 martdan keyin Yandex Go ilovasidan foydalangan haydovchi va yo‘lovchi tashuvchilar jarimaga tortilishi mumkin.

Latviyada Yandex Go 2020 yilda ham bloklangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid