Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlashga urinayotgani aytilgan ayol ruhiy kasal bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlashga urinayotgan ayol” haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlarga Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Qayd etilishicha, 18 mart kuni Toshkent shahar IIBBga 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro P.K. murojaat qilib, Yunusobod tumanidagi bolalar bog‘chasi oldida noma’lum ayol kishi turganligi va o‘zini g‘alati tutayotganligi, kimni qidirayotganligi so‘ralganida adashib qolganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida bog‘cha oldida turgan ayol kishi 1988 yilda tug‘ilgan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ekanligi, hozirda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi. U 2016 yilda o‘zi, farzandi va onasi bilan birgalikda YTHga uchragan va oqibatda onasi vafot etgan. O‘zi esa ruhiy kasal bo‘lib qolganligi aniqlangan.
Fuqaro I.K. tomonidan bolalarni o‘g‘irlashga urinish holati bo‘lmagan.
Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlashga urinayotgan ayol deya tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga yaqin emasligi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
22:40 / 27.09.2025
Zaharlangan mingta murg‘ak va dunyoda yo‘q AES - hafta dayjesti
15:15 / 27.09.2025