Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Rossiya gazi va neftidan zudlik bilan voz kechishni rad etdi
Olaf Shols Rossiyaga qarshi sanksiyalarning salbiy oqibatlari Germaniyada sezila boshlaganini qayd etdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya nefti va gazi importini zudlik bilan to‘xtatish ehtimolini rad etdi.
"Biz buni imkoni bo‘lganida amalga oshiramiz", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz importining keskin to‘xtatilishi Germaniya va Yevropada retsessiya yuz berishini, yuz minglab ish o‘rinlari va sanoat korxonalari uchun xatarli bo‘lishini bildiradi.
Shols Rossiyaga qarshi sanksiyalarning salbiy oqibatlari Germaniyada sezila boshlaganini qayd etdi.
"Sanksiyalar Rossiya rahbariyatidan ko‘ra Yevropa davlatlariga kuchliroq zarba bermasligi kerak", - deb ta’kidladi u.
U Ukraina bilan birdamligini bildirish barobarida NATO Rossiya bilan to‘qnashuvga bormasligini aytdi. Sholsning ma’lum qilishicha, Ukraina uzra parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etilmaydi.
"Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, biz bunday qilmaymiz. NATO urush ishtirokchisi bo‘lmaydi", dedi Germaniya kansleri.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026