Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga qarashli korxonalarga elektr energiyasi va gaz uchun subsidiya ajratiladi
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilarni joriy etish belgilangan:
a) ishlovchilari umumiy soni kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondi kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda “nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga qarashli korxonalar” deb yuritiladi) tomonidan bino va yer maydonlarini ijaraga berish shartlari belgilanadi;
b) nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga qarashli korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun subsidiyalar ajratish, ular tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda ko‘maklashish, zarur xomashyolarni imtiyozli shartlarda sotib olish, to‘qimachilik klasterlariga operativ boshqaruvga berish, investorlarni jalb qilish, imtiyozli kreditlar ajratish;
v) nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga qarashli samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish va ular o‘rniga bozor talabidan kelib chiqib yangi turdagi faoliyat olib boruvchi korxonalarni tashkil etish;
g) ijtimoiy korxonalarni tashkil etish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish sharti bilan tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun subsidiyalar ajratish, har bir hududda bittadan nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga qarashli korxonalarni belgilangan mahsulot va tovarlarni ishlab chiqishga ixtisoslashtirish;
d) ixtisoslashtirilgan korxonalarga nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar, zarur asbob-uskuna va ehtiyot qismlari uchun, agar ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilmasa, chetdan import qilish bojlari va qo‘shimcha qiymat solig‘ini bekor qilish, ko‘zi ojizlar jamiyati tasarrufidagi korxonalarda 2022-2026 yillarda yotoqxonalar qurish choralarini ko‘rish.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinganidan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy xarajatlarga olib kelmaydi.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:15 / 24.04.2026