“O‘zbekneftgaz”: Navro‘z munosabati bilan gaz konlari va quduqlarida vaxta usulida ishlayotgan xodimlardan xabar olindi
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan minglab ishchi-xodimlar tabiiy gaz qazib chiqarilishi yo‘lida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirishmoqda. Ular vaxta usulida, oilalar va yaqinlaridan olisda o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan, Departament boshliqlari, neft bazalar direktorlari va boshqa mas’ullardan iborat “Ishchi guruh” vakillari Sho‘rtan, Muborak, Gazli va Ustyurt regionlariga bo‘lingan holda vaxta usulida ishlovchilarning holidan xabar olishdi.
2022 yilning 22-23 mart kunlari neft-gaz quduqlarida burg‘ilash va ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirish, ishchilarninr yashash sharoitlarini joyiga borib o‘rganish hamda mehnat sharoitini yanada yaxshilashga doir zarur choralarni amalga oshirish maqsadida dastlabki guruh Buxoro viloyatida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi gaz konlari va texnologik obektlarida bo‘ldilar.
Ishlab chiqilgan dasturga asosan “Ishchi guruh” va Gazli boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarma konlarida uglevodorodlar qazib chiqarish, burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan quduqlardagi jarayonlar ish joyidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida boshqarmaga qarashli hozirgi vaqtda tabiiy gaz qazib olinayotgan “Doyaxotin” konidagi 104-sonli ishlatish qudug‘idagi burg‘ilash jarayonlari, “Qumli” koni 33-sonli, “Uchqir” koni 38-, 103-, 305- sonli, “Mirkomilquduq” 1-sonli, “Yorqin” koni 12- sonli , “Shimoliy Suzma” koni 12-sonli quduqlarida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari jarayonlari bilan tanishishdi. Kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan quduqlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning dam olish yotoqxonalari, oshxonadagi shart-sharoitlari ham o‘rganildi.
Bundan tashqari, uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirish dasturi doirasida izlov-qidiruv ishlari olib borilayotgan yangi maydonlar – “Elomon” 1-sonli, “Kinderli” 1-sonli, “Shorkala” 1-sonli hamda “Kulbeshkak” koni terrigen-yura yotqiziqlarining istiqbolligini o‘rganish maqsadida 1-sonli (terrigen-yura) izlov-qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan tanishildi.
O‘rganishlar davomida vaxta rejimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning yashash sharoitlari, yotoqxonalar, ovqatlanish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, maxsus kiyim bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi va boshqa zaruriy holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ular Navro‘z bayrami bilan tabriklandi.
Ikkinchi guruh a’zolari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Sho‘rtan” va “Muborak” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalariga qarashli gaz konlari va texnologik obektlarida bo‘ldilar.
Dasturga asosan “Ishchi guruh” dastavval Sho‘rtan NGQCh rahbariyati bilan birgalikda Sho‘rtan hududida joylashgan konlarda uglevodorodlar qazib chiqarish, burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan quduqlardagi jarayonlarni obektlarga borgan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida burg‘ilanayotgan Sho‘rtan (ter.yura) 1-izlov qudug‘ida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng, shu konda burg‘ilanayotgan 363-, 365-, 367-, 368-, 370- va Yormoq koni 9 OE ekspluatatsiya quduqlari holati bilan tanishildi.
“Ishchi guruh” Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda “Uglevodorod xomashyo zaxirasini qayta tiklash va rivojlantirish” dasturi doirasida burg‘ilash ishlari olib borilayotgan “Istiqbol” 1-sonli, “Quyi Pomuq” 1-sonli, “Cho‘lliota” 1-sonli, “Ijobat” 4-sonli, “Ilonli” 3-sonli, “Tegirmon” 4-sonli va “G‘arbiy Tegirmon” 7-sonli izlov-qidiruv quduqlari holati bilan tanishdi.
Shu bilan birga Muborak NGQCh boshqarmasiga qarashli konlarda burg‘ilanayotgan ekspluatatsiya quduqlar holati bilan tanishildi. “Zevarda” konida 327-, 330-, 332-, 333-sonli, “Tegirmon” konida 12-, 13-sonli va “G‘arbiy Tegirmon” konida 9-sonli quduqlaridagi burg‘ilash ishlari holati bilan yaqindan tanishildi.
Ustyurt regionidagi konlar va quduqlardagi hamda vaxta rejimida ishlovchi ishchi-xodimlari holidan xabar olish ishlari “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” korxonasi ishchilari tomonidan amalga oshirilayotgan burg‘ilash jarayonidan boshlandi.
Burg‘ilash ishlari “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi 4-sonli quduqning 4500 metr masofagacha burg‘ilanishi mo‘ljallangani va hozirda 2627 metr masofasi burg‘ilangani holatini o‘rganishdi.
Shuningdek, “Ishchi guruh” a’zolari quduqlarni mukammal ta’mirlash ishlari, perforatsiya ishlariga tayyorgarlik, “Shimoliy Berdaq” konidagi 116-sonli quduq ta’mirlash ishlari holatini o‘rganib, bu yerda vaxta usulida ish faoliyatini bajarayotgan ishchi-xodimlar holidan xabar olishdi.
Ustyurt regionida tabiiy gaz qazib chiqarish yo‘lida qilinayotgan ishlarni o‘rganish davomida, vaxta usulida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning dam olish yotoqxonalari, oshxonadagi shart-sharoitlari hamda ularning barcha muammolari o‘rganildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024