Adliya vazirligi hamkorligida “Cheksiz imkoniyatlar marafoni” o‘tkazildi
27 mart kuni Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ommaviy ravishda sportga jalb etish, ularning sog‘ligini yaxshilash maqsadida Adliya vazirligi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida “Cheksiz imkoniyatlar marafoni”ni o‘tkazdi.
Marafonda 100 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Ularning ro‘yxati O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar va karlar jamiyatlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar hisobiga shakllantirilgan.
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida nominatsiyalarga ega bo‘lgan marafon ilk marta o‘tkazildi.
Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar 1-3 o‘rin hamda marafonning eng yosh, eng yoshi ulug‘ ishtirokchilari nominatsiyalarida taqdirlandi.
Ushbu marafon ShOS xalqaro yarim marafoni va Toshkent “Navro‘z” marafoni bilan birgalikda o‘tkazildi. Marafon ishtirokchilari o‘rtacha 50—150 ming so‘mgacha badal to‘lab ishtirok etayotgan bo‘lsa, imkoniyati cheklanganlar uchun bepul qilib berildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarining barchasiga alohida tadbir uchun maxsus tayyorlangan esdalik medallar topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasining ilk xayriya tadbirlaridan biri nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan maxsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘z uylarida tayyorlangan hunarmandlik mahsulotlarining savdosi amalga oshirildi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, vazirlik O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
2018 yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar quyidagi yirik ijtimoiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda:
- “Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar respublika savdo yarmarkasi”;
- “Maftunkor ranglar dunyosi”;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha respublika musobaqasi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
18:54 / 25.10.2024