O‘zbekiston Shomurodovning het-triki evaziga Ugandani mag‘lub etib, «Navruz Sup-2022» g‘olibiga aylandi
O‘FA taklifi bilan Namanganda ilk marta o‘tkazilgan «Navruz Sup-2022» turniri O‘zbekiston milliy jamoasining g‘olibligi bilan yakuniga yetdi.

Foto: Tribuna.uz
Bugun, 29 mart kuni Namangandagi «Markaziy» stadionda qariyb 20 ming tomoshabin qarshisida kechgan final bahsida O‘zbekiston milliy jamoasi Ugandaga qarshi saf tortdi. Shiddatli kechgan uchrashuvning 35-daqiqasida Jaloliddin Masharipov afrikaliklar himoyachisi va darvozabonining qo‘pol xatosidan keyin hisobni ochdi – 1:0.
Masharipovning goliga assistentlik qilgan Shomurodov 39-daqiqada Amonov bilan ajoyib kombinatsiya uyushtirib, Namangandagi stadionni ikkinchi marta larzaga keltirdi – 2:0.
Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Miya himoyachilarimizdan chaqqonoq harakat qilib, farqni qisqartirdi – 2:1
Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas katta sahnaga yana Shomurodov chiqdi. Eldor qarshi hujumda Hojimat Erkinovning uzatmasini golga aylantirib, dubl qayd etdi – 3:1.
72-daqiqada esa Shomurodov o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan, jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, het-trikka erishdi – 4:1.
78-daqiqada esa Okvi bu borada Eldordan qolishmasligini ko‘rsatib, yirik hisobni qisqartirdi – 4:2.
Yakunda ushbu natija boshqa o‘zgarmadi va O‘zbekiston milliy jamoasi finalda Uganda ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, Namangandagi «Navruz Sup-2022» g‘olibiga aylandi. Uchinchi o‘rin esa Qirg‘izistonni mag‘lub etgan (1:0) Tojikiston milliy jamoasiga nasib etdi.
29 mart (seshanba)
«Navruz Sup-2022». Final.
O‘zbekiston – Uganda – 4:2
Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston)
Namangan, «Markaziy» stadion, 19 150 tomoshabin.
Gollar: Jaloliddin Masharipov 35, Eldor Shomurodov 39, 56, 72 – Faruku Miya 52, Okvi 78.
O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 13. Sherzod Narsullayev, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 9. Odiljon Hamrobekov, 7.Otabek Shukurov, 18. Azizbek Amonov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 79), 10. Jaloliddin Masharipov, 20. Hojimat Erkinov (17.Dostonbek Hamdamov, 60), 14.Eldor Shomurodov (21. Igor Sergeyev, 80).
Uganda: 1. Alionzi Nafian, 4. Achai Xerbert (3.Abdul Aziz Kayondo, 64), 7. Emmanuel Okvi, 8.Mulondo Livingston, 9.Fahad Bayo, 10. Faruku Miya, 12. Marvin Yungman (20. Derrik Kokkoza, 70), 15. Xalidi Livaliva, 16.Steven Servadda (17.Allan Okello, 64), 21. Allan Kyambade, 23. Moses Vaisva.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 10:04
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
Mavzuga oid

20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:43 / 27.12.2024