28 mart kuni Milliy matbuot markazida “Özbekkosmos” agentligi matbuot anjumani ötkazdi. Tadbirda Kun.uz muxbiri agentlik direktori Şuhrat Qodirovdan Özbekiston qaçon öz sun’iy yöldoşini uçirişi haqida söradi.
Muxbir bu borada innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2018 yilda aytgan fikrlarni eslatgan. Öşanda vazir Özbekistonning yaqin kelajakda öz sun’iy yöldoşini uçirişini muhim strategik yönalişlardan biri sifatida qayd etgandi.
“Sababi bizda aerokosmik tadqiqotlar yöqolib ketgan edi. Davlat rahbari öz murojaatnomasida ham bu haqda juda töğri aytdi. 25 yil davomida bu sohada faoliyat olib bormadik va aerokosmik hududimizda bizda egalik yöq. Şundan kelib çiqib, bu sohada hozir strategik rejalar işlab çiqilyapti, qöyiladigan eng katta qadamlardan biri – yaqin vaqtlar içida özimizning sun’iy yöldoşlarimizni uçiramiz. Özbekistonning aerokosmik hududida sun’iy yöldoşlarimiz böladi.
Buning natijasida hayot birdaniga keskin özgaradi. Sababi oddiy televideniyedagi uzatişlar, internet tezligi oşadi. Bu sohada qator işlarni amalga oşirmoqdamiz. Albatta, qilinadigan işlardan eng kattasi – aerokosmik tadqiqotlar ötkaziladigan alohida institutlar şakllantiriladi”, – degandi vazir tört yil oldin Xalqaro press-klub sessiyasida.

“Özbekkosmos” agentligi rahbari Şuhrat Qodirov esa sun’iy yöldoş orqali olinadigan internet ança sekin va katta mablağ talab qilgani uçun uni uçiriş unçalik foydali emas, deb hisoblaydi.
“Savolingiz juda örinli. Kim bilan muloqotda bölmaylik, bu masalani tez-tez kötarişadi. 2018 yilda [“Özbekkosmos”] agentlik oçilişi böyiça taşabbuslar bölgan, 2019 yilda prezident farmoni imzolangan. Biz 2020 yil oxirida şu farmon va Vazirlar Mahkamasi qarorini tahlil qilib, ularga bu masala böyiça yana boşqatdan olib kirdik. U yerda yozilgan narsalarni hammasini bajarişga biz harakat qildik, çunki bu bizga yuklatilgan vazifa, lekin öşa paytda yozilgan köp narsalar... Kim buni yozib, taşabbus qilgan bölsa, unga aniq javoblar va moliyalaştiriş bölişi kerak.












