O‘zbekiston | 14:03 / 26.01.2018
73267
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yaqin kelajakda o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchiradi 

Foto: Fotolia

O‘zbekiston yaqin kelajakda o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qilgan.

“Bu oldimizda turgan strategik yo‘nalishlardan biri. Sababi bizda aerokosmik tadqiqotlar yo‘qolib ketgan edi. Davlat rahbari o‘z murojaatnomasida ham bu haqda juda to‘g‘ri aytdi. 25 yil davomida bu sohada faoliyat olib bormadik va aerokosmik hududimizda bizda egalik yo‘q. Shundan kelib chiqib, bu sohada hozir strategik rejalar ishlab chiqilyapti, qo‘yiladigan eng katta qadamlardan biri – yaqin vaqtlar ichida o‘zimizning sun'iy yo‘ldoshlarimizni uchiramiz. O‘zbekistonning aerokosmik hududida sun'iy yo‘ldoshlarimiz bo‘ladi. 

Buning natijasida hayot birdaniga keskin o‘zgaradi. Sababi oddiy televideniyedagi uzatishlar, internet tezligi oshadi. Bu sohada qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Albatta, qilinadigan ishlardan eng kattasi – aerokosmik tadqiqotlar o‘tkaziladigan alohida institutlar shakllantiriladi”, - deya aytib o‘tgan vazir.

Mavzuga oid